Ko‘pchilik qorinni yo‘qotish maqsadida fitnes-zallarga qatnaydi yoki karam barglarini probiotiklar bilan ketma-ket iste'mol qiladi. Albatta, bu jismoniy mukamallikka erishishning to‘g‘ri yo‘li.

Biroq jismoniy mashqlar va ovqatlanish tartibini o‘zgartirishga vaqt ham, asab ham, kuch ham bo‘lmasa, quyidagi oddiy layfxaklardan foydalaning. Ular oz bo‘lsa-da, qorinni yo‘qotishga yordam beradi.

 

1. Tikka turing

Yodingizga tushishi bilan yelkalaringizni to‘g‘irlab, qorningizni ichingizga torting. Agar esingizdan chiqib qolaversa, umurtqani tekislaydigan korrektor yoki tegishli tibbiy gadjyetni sotib oling.

Biz ko‘p holatlarda qomatni tik tutishning ta'sirini yetarlicha qadrlamaymiz. Umurtqa pog‘onasini to‘g‘irlash qorinni vizual jihatdan bilintirmaslikka, bo‘yni balandroq ko‘rsatishga yordam beradi.

Foto: Depositphotos

Mushaklar xotiraga ega, jumladan umurtqa pog‘onasiga kelganda ham. Shunday ekan, ikki-uch haftadan keyin qorin o‘zingiz istagandek yo‘qola boshlaydi. Har holda, tashqaridan qaraganda shunday ko‘rinadi.

 

2. Ko‘proq suv iching

Kuniga 8 stakandan suv ichishga oid eslatmalar hammani charchatadi. Biroq bu fakt: suv yetishmovchiligiga birinchi ishoraning o‘zidayoq achchiq evolyutsion tajribaga ega organizm darhol hayotbaxsh namlikni saqlab qola boshlaydi, shu jumladan qorinda ham. Xuddi shu sabab bilan yuzaga keluvchi oyoq va qo‘llardagi shishlar ko‘pchilikka tanish bo‘lsa, press sohasidagi shishlarga kamdan-kam holatlarda e'tibor qaratamiz. Attang! Ko‘pincha qorin chiqishiga aynan shu javobgar bo‘ladi.

Foto: Maxfitnesstoday

3. Hojatxonaga muntazam qatnang

Qorin chiqmasligi uchun bu ham ahamiyatga ega. Inson organizmi — juda sabrli va agar siz hojatxonaga borgingiz kelganda uni chidashga o‘rgatgan bo‘lsangiz, u faqat favqulodda holatlardagina sizni u yerga chorlaydigan bo‘ladi. Qolgan vaqtda peshob pufagi devorlari kengayadi, buning oqibatida esa ko‘p holatlarda qorin ortiqcha hajmga ega bo‘lib boradi.