O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrifi vaqtida Bo‘stonliq tumanida bo‘ldi.
Prezident Matbuot xizmati xabar berishicha, Shavkat Mirziyoyev Bo‘stonliq tumanini kartoshka yetishtirishga ixtisoslashtirish zarurligini aytib o‘tgan.
«Prezident mamlakatimizda kartoshkachilikni rivojlantirish, shu orqali aholini kartoshka bilan uzluksiz ta'minlash, xususan, Bo‘stonliq tumanini kartoshka yetishtirishga ixtisoslashtirish zarurligini ta'kidladi», deyiladi xabarda.
















