18:23 / 06.01.2018
11255

"Aqlli" chemodan namoyish etildi 

Foto: 90Fun

Xitoyning 90Fun kompaniyasi egasining og‘ir sumkasini mustaqil ravishda tashishga qodir Puppy 1 "aqlli" chemodanini namoyish etdi. Chemodan aniq ma'lumot va yo‘nalishlarsiz egasining izidan ergashadi. 

Yangi qurilmaning rasmiy taqdimoti Las-Vegasda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan CES 2018 ko‘rgazmasi doirasida o‘tkaziladi. Ma'lumotlarga ko‘ra, chemodan eslab qolishdan tashqari, egasining buyruqlariga reaksiya bildirishi ham mumkin, ya'ni u kerak paytda harakatlanib, kerak paytda to‘xtaydi. 

Qurilma transport vositalarini ishlab chiqaruvchi Segway kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Puppy 1 "aqlli" chemodani 50 kvadrat santimetrga teng bo‘lib, harakatlanish uchun klassik ushlagich ham birga sotiladi. Ishlanma narxi hozircha ma'lum qilinmagan, rasmiy taqdimot vaqtida kompaniya standart narxlarga doir ma'lumotlar bilan bo‘lishishi kutilmoqda.

Top