11:46 / 06.01.2018
62934

Yana 12 ta YPX postining faoliyati tugatildi

Foto: IIV

Mamlakatning avtomobil yo‘llarida harakatlanish erkinligini cheklayotgan, savdo-iqtisodiy munosabatlar hamda ichki va tashqi turizm rivojiga salbiy ta'sir ko‘rsatayotgan muntazam yo‘l-patrul xizmati maskanlari va blok postlarning faoliyatini tugatish hamda sonini qisqartirish yuzasidan olib borilgan tahlillar asosida yana 12 ta muntazam yo‘l-patrul xizmati maskanlari va blok postlarning faoliyati tugatildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi ma'lumotiga ko‘ra, shu kunga qadar avtomobil yo‘llarida joylashgan jami 66 ta, shundan 23 tasi muntazam yo‘l-patrul xizmati maskanlari, 19 tasi blok postlar va 24 tasi to‘siq postlari olib tashlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq IIV shu kunga qadar nechta YPX posti faoliyati tugatilganini ma'lum qilgandi.

Top