15:03 / 06.01.2018
12589
Reklama

Yangi xizmatlar samarasi: qulaylik, tezkorlik, sifat

Foto: Qishloq qurilish bank

ATB “Qishloq qurilish bank” Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yilida zamonaviy xizmatlar ko‘lamini kengaytirishga intilmoqda. Bunda yangi xizmatlarni joriy etish orqali aholiga va mijozlarga qo‘shimcha qulaylik yaratish asosiy mezon bo‘lmoqda.

Foto: Qishloq qurilish bank

Tatbiq etilgan yangiliklardan biri bank tizimida xalqaro pul o‘tkazmalari uchun mablag‘lar mijozlardan milliy valyuta – so‘mda qabul qilinib, chet elga jo‘natilishi yo‘lga qo‘yildi. Yuborilgan pul mablag‘larini xorijda qabul qilib oluvchi fuqaro o‘sha davlat pul birligida yoki AQSh dollari, Yevroda olishlari mumkin. Bunda xorijiy valyuta fuqaroning xohishiga ko‘ra tanlanadi. Qo‘yingki, “Qishloq qurilish bank” filiallari orqali xorijda istiqomat qilayotgan, vaqtinchalik xizmat safarida yoki sayohatda bo‘lgan, o‘quv yurtlarida ta'lim olayotgan yaqin qarindoshlaringiz, tanishlaringiz va boshqa jismoniy shaxslar nomiga milliy valyutada pul mablag‘larini topshirgan holda chet el valyutasini jo‘natishingiz mumkin.

Foto: Qishloq qurilish bank
Foto: Qishloq qurilish bank

Bundan tashqari ATB “Qishloq qurilish bank” mijozlari o‘zlariga tegishli so‘m plastik kartochkalaridagi mablag‘lari hisobidan ham xorijga pul jo‘natmalarini amalga oshirishlari mumkin. Bu amaliyot sanoqli daqiqalar ichida, tezkor va sifatli bajariladi.

Foto: Qishloq qurilish bank

Qo‘shimcha ma'lumot uchun:

(+99871) (0-371) 150-10-01, 150-76-46, 150-76-84, www.qqb.uz

“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida!

Bank axborot xizmati
Reklama huquqi asosida.
Xizmatlar litsenziyalangan

 

Mavzuga oid
Top