01:00 / 06.01.2018
51954

Bo‘stonliq tumani hokimi yarim yilga bormay ishdan olindi

5 yanvar kuni Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

«Kun.uz» manbasi bergan ma'lumotga ko‘ra, sessiyada ishtirok etgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bo‘stonliq tumani hokimi Baxtiyor Sultonovni ishdan bo‘shatgan.

Hokimning iste'fosiga u o‘zidan kutilgan faoliyatni ko‘rsata olmagani sabab bo‘lgan.

Qayd etish kerakki, Sultonov o‘tgan yilning iyul oyida Ibrohim Hasanov o‘rniga Bo‘stonliq tumaniga rahbar etib tayinlangandi.

Top