13:08 / 06.01.2018
8218

Xitoy elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

2018 yilning 5 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Xitoy Xalq Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Sun Litszeni qabul qildi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, suhbat chog‘ida hamkorlikning barcha sohalaridagi keng qamrovli O‘zbekiston-Xitoy muloqoti jadal xususiyatga ega ekanligi mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Uchrashuvda 2017 yilning may oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tarixiy davlat tashrifi va XXR raisi Si Tszinpin va mamlakatning boshqa rahbarlari bilan muzokaralari ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tardi hamda davlatlarimiz rahbarlari o‘rtasidagi o‘zaro ishonchning yuqori darajada ekanligini namoyish etgani ta'kidlandi.

O‘zbekistonda o‘z diplomatik missiyasini yakunlayotgani munosabati bilan elchiga ko‘p yillik muvaffaqiyatli faoliyati va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli sohalarda va yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirildi.

Top