Kanada yoshlar terma jamoasi xokkey bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati finalida Shvetsiya termasini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
O‘yin AQShning Nyu-York shtati shimoli-g‘arbidagi Baffalo shahrida bo‘lib o‘tdi.
G‘olib jamoa safida Dillon Dyud, Tayler Stinbergen va Aleks Formenton gol urdi. Shvedlarda esa Tim Soderlund 32-daqiqada o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, kanadaliklar 17-marta yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibiga aylanishdi.








