21:35 / 06.01.2018
10066

Kremniyda yangi trend: Qayta ishlanmagan suvni 60 dollarga xarid qilish

Kremniyda filtrlanmagan, qayta ishlanmagan, sterilizatsiya qilinmagan buloq suvini xarid qilish urfga kirdi. Business Insider shu haqidagi ma'lumotlari bilan bo‘lishdi. Masalan, qadoqdagi 9,5 litr suvning Live Water kompaniyasidagi narxi 61 dollarga yetadi.

O‘z navbatida, 24 million dollarlik investitsiya jalb qilishga ulgurgan Zero Mass Water kompaniyasi ham tanilib bormoqda. Startap 4500 dollarga havoning o‘zidanoq suv tortib oluvchi suvni sotmoqda. Mexanizm kuniga 10 litrga yaqin suvni ishlab chiqaradi va 60 litrcha suvni saqlash imkonini beradi.

The New York Times'da yozilishicha, odamlar qayta ishlamagan suvni tabiiy manbalardan olishmoqda.

2017 yilning sentabrida yopilgan Juicero nomli startap asoschisi Dug Evans The New York Times'ga u va uning do‘stlari Burning Man festivaliga 190 litr suv olib borishganini aytdi: "Men o‘z sog‘lig‘im borasida qattiq qayg‘uraman va bilamanki, birgina men shunday emasman. Juda ko‘pchilik shunday - buloq bo‘yida kimga duch kelishingni hech qachon bila olmaysan". 

Business Insider muxbiri narxlarning oshishiga qaramay bunday suv zaxiralarining juda tez sotilayotganiga ishonch hosil qilish maqsadida Rainbow Grocery supermarketlaridan biriga bordi.

9,5 litrli oddiy ko‘za bahosi narxlar oshganidan keyin 38,49 dollarni tashkil qildi. Dekorativ ko‘zani 60,99 dollarga xarid qilish mumkin. 

Manbaga ko‘ra, qayta ishlanmagan suv ixlosmandlari uning foydasi haqidagi ilmiy isbotga ega emas, biroq uning iste'molidan foydani his qilayotganliklarini ta'kidlashmoqda. Harakat tarafdorlari turli qo‘shimchalar va ultrafiolet hamda ozon sabab oddiy suv quvuridan oquvchi yoki butilkalardagi suvlarni ichishdan xavfsirashmoqda, bu foydali bakteriyalarni go‘yoki o‘ldirar emish.

Live Water kompaniyasi asoschisi Mukande Singx uning startapi sotuvga chiqaruvchi suvning yaroqlilik muddatini ikki oy deb hisoblaydi. Uning fikricha, bu "haqiqiy suv" xususiyatlariga xos. "Suv bir oy sikli davomida o‘z foydali xususiyatlarini saqlab qoladi, - deydi Singx. - Agar haddan tashqari uzoq kutilsa, u yashil rangga kiradi. Odamlar buni hatto anglab ham yetishmaydi, chunki quvurdan keladigan suv o‘lik, shu bois u hech qachon yashil tusga kirmaydi". 

Ekspertlar qayta ishlanmagan suv organizm uchun foydali ekanini tasdiqlashmadi - ular, aksincha, bunday suv xavfli bo‘lishi mumkin, deb hisoblashadi. "Bunday suvda sizga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan har qanday narsa — masalan, vabo, lyamblioz va A gepatitini keltirib chiqaradigan bakteriyalar bo‘lishi mumkin". 

 

Top