Samsung ultrayupqa noutbuk ustida ishlamoqda
Samsung kompaniyasi Intel Core i7 protsessori o‘rnatilgan Notebook 9 ultrayupqa noutbukini namoyish etish arafasida. Yangi noutbukning operativ xotira hajmi 16 Gb'ni tashkil qiladi, ichki xotira hajmi esa - 1 Tb.
Samsung Notebook 9 dizaynida ishlab chiqaruvchilar o‘tkir qirralardan voz kechishga qaror qilishdi. Kumushrang korpus zamonaviy ko‘rinish olgan bo‘lib, ortiqcha logolarga ega emas. Displey maxsus sharnirlar yordamida ulangan.
Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, qurilma klaviaturasi ancha qulay. Noutbuk bozorga ikki variatsiyada - 13,3 dyuymli va 15,6 dyuymli displeylar bilan chiqadi. Bugungi kunga kelib, gadjyetning narxiga doir ma'lumot yo‘q.
Samsung kompaniyasi rahbarlari ultrayupqa noutbuk taqdimoti sanasiga doir ma'lumotni berishmagan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, taqdimot joriy yilning boshida bo‘lib o‘tishi mumkin. Yangi noutbuk chiqqanidan keyin ekspertlar zarur testlar o‘tkazib, ularning natijalarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishmoqchi.
Mavzuga oid
11:28 / 10.11.2024
Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi
21:57 / 26.09.2024
Samsung xodimlari radiatsiyaga uchragani tufayli kompaniya jarimaga tortildi
22:24 / 19.09.2024
Samsung’ning Hindistondagi zavodi xodimlari ish tashlash e’lon qildi
21:48 / 18.09.2024