5 yanvar kuni Xalq deputatlari Toşkent viloyati kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi.

Sessiyada prezident tavsiyasiga binoan Ğulom Ibragimov Toşkent viloyati hokimi etib tasdiqlandi. U şu vaqtga qadar 2017 yilning 30 oktabrida paxta mavsumida işdan olingan avvalgi hokim Şukrullo Boboyev örniga hokim vazifasini bajaruvçi bölib kelayotgandi.

Sessiyada Toşkent viloyati hokimining Sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari Usmon Rahimov Nurafşon şahri hokimi etib tayinlandi.

«Kun.uz» manbasi bergan ma'lumotga köra, Usmon Rahimovning örniga Sanjar Yusupov viloyat hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari bölgan.