17:04 / 06.01.2018
11152

Toyota sobiq prezidenti Tatsuro Toyoda vafot etdi

Foto: AP

Toyota Motor korporatsiyasi asoschisining o‘g‘li va sobiq direktori Tatsuro Toyoda 88 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Associated Press kompaniya bayonotiga tayangan holda xabar bermoqda.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, Tatsuro Toyoda 30 dekabr kuni zotiljam kasalligi tufayli vafot etgan.

Tatsuro prezidentligi vaqtida Toyota va uning AQShdagi asosiy raqobatchisi General Motors o‘rtasida NUMMI qo‘shma kompaniyasini tashkil etdi. Ta'kidlanishicha, Tatsuro davrida Toyota konserni dunyodagi eng asosiy avtomobil ishlab chiqaruvchilardan biriga aylandi.

Mavzuga oid
Top