10:09 / 06.01.2018
5752

Twitter jahon yetakchilarining sahifalarini bloklashdan bosh tortdi

Foto: Shutterstock

Twitter ijtimoiy tarmog‘i rahbariyati rasmiy bayonotni e'lon qildi, unda jahon yetakchilarining sahifalarini bloklashdan bosh tortishi haqida so‘z yuritiladi.

«Twitter global, umumiy munozaralarga yetishda yordam ko‘rsatish uchun faoliyat ko‘rsatadi. Saylangan jahon yetakchilari bu bahs-munozalarda muhim o‘rin tutadi, sababi ularning jamiyatga ta'siri nostandart darajaga ega», - deyiladi rasmiy xabar matnida.

Kompaniyadan ta'kidlashlaricha, bunday harakatlar bilan yetakchilarni jim bo‘lishga majburlash imkonsiz, biroq ularning so‘zlarini muhokama qilish ancha mushkullashadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq WikiLeaks asoschisi Julian Assanjning Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi yo‘qolib qolgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top