19:14 / 07.01.2018
106442

Mirziyoyev O‘zbekistondan kimlar hajga birinchi bo‘lib ketishini ma'lum qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrifi chog‘ida viloyat faollari bilan uchrashib, ma'ruza qildi. Davlat rahbari o‘z nutqida viloyatda diniy-ma'rifiy ishlar masalasiga ham to‘xtaldi. U viloyatdagi qaysi millatga tegishli bo‘lishidan qat'inazar barcha qabristonlarni obod qilish tashabbusi bilan chiqdi. Mirziyoyev, shuningdek Islom dinining beshinchi arkoni – Haj ibodati xususida ham o‘z fikrlarini bildirdi.

“Islom to‘g‘risida, dinimizning pokligini BMT minbarida, Islom tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti yig‘ilishlarida aytdim. Imom al Buxoriy markazi, Toshkent Islom sivilizatsiyasi markazi, Islom akademiyasini tashkil etdik. 

Mana hajga borishadi. Butun dunyodan boradi. O‘zbekistondan hajga borganlar o‘tganida madaniyat va ilmning hidi kelishi kerak. Kechirasizlar, Haj ibodatmi, tijoratmi? 50 foizi tijorat uchun borayapti, ular bobolarimizni sharmanda qilayapti. 

Alhamdulilloh, hammamiz musulmonmiz. Hajga borish uchun endi ro‘yxat bo‘lmaydi. Men 2 ming qo‘shib berdim, lekin kerak bo‘lsa, ming kishini yuboraman. Kimni yuboraman? Kim masjidga kirib, Qur'ondan 2 surani o‘qib berib, shu mahalla, shu ko‘chadagi adashganni men zimmamga olaman, u adashgan bo‘lmaydi, mening ibodatimning shukronaligi shu bo‘ladi, desa, birinchi bo‘lib, shu odam ketadi. 

Bir-birimiz bilan ilmda, bilimda musobaqa qilaylik. Fan doktori Imom al Buxoriyning falon kitobi falon bandini tashviq qilsa, qanday yaxshi bo‘lar edi. Buni kim qiladi? O‘zimiz qilamiz”, - dedi Prezident Mirziyoyev. 

Top