Husiylar sobiq prezident Saloh tarafdorlarining uchrashuviga to‘sqinlik qildi
Yamanlik husiylar ular tomondan o‘ldirilgan, mamlakatning sobiq prezidenti Ali Abdulloh Saloh partiyasi “Umumiy xalq kongressi”ga qurultoy o‘tkazishga to‘sqinlik qildilar. Qurultoy 7 yanvarda o‘tkazilishi kerak edi. Bu haqda partiyaning yuqori lavozimli a'zosiga iqtibos keltirgan holda “RIA Novosti” axborot agentligi xabar berdi.
Partiya markaziy qo‘mitasi qurultoyida partiya boshlig‘i lavozimini bajaruvchi tanlanishi va husiylar (Ansor Alloh) bilan keyingi hamkorlik bo‘yicha qaror qabul qilinishi kerak edi.
“Yakshanba ertalabga belgilangan yig‘ilish jangarilarning qurultoy o‘tkaziladigan joyga hujum qilishi tahdidlari sababli qoldirildi. Ular “Ansor Alloh” bilan hamkorlik to‘xatilishi kabi muhim qarorlar qabul qilinishidan qo‘rqib, yig‘ilish o‘tkazilishiga to‘sqinlik qilishmoqda”, deb aytgan manba.
Noyabr oxirida husiylar va Saloh o‘rtasida kelishmovchilik chiqqan. Bu esa ular orasida parchalanish yuzaga kelishi va 4 dekabrda husiylar bilan otishmada Salohning halok bo‘lishiga olib kelgan.
Mavzuga oid
18:08 / 19.12.2024
Isroil ilk bor Yaman poytaxtiga zarba berdi
20:11 / 07.10.2024
WSJ: «Qurol baroni» Viktor But yana savdoga qaytdi. U husiychilarga avtomat sotish bitimida qatnashdi
23:45 / 03.05.2024
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
22:07 / 15.03.2024