20:31 / 08.01.2018
52772

Dunyoning eng qimmatbaho futbolchilari ro‘yxati. Ronaldu juda pastda

Foto: Reuters

CIES Football Observatory tadqiqot markazi dunyoning eng qimmat futbolchilari reytingini tuzib chiqdi. Bu haqda markaz rasmiy saytida xabar berilgan.

Tadqiqot futbolchilarning amaldagi shartnomasi, jamoasining o‘yini, yoshi, maydondagi pozitsiyasi, so‘nggi vaqtlarda ko‘rsatayotgan o‘yini va terma jamoadagi samaradorligi hisobiga tuzib chiqildi.

To‘liq ro‘yxatdan top-5 liganing 100 futbolchisi o‘rin oldi. Reytingda birinchi o‘rin «PSJ» hujumchisi Neymarga nasib etdi. Ikkinchi o‘rinda «Barselona» bilan yangi shartnoma imzolagan Lionel Messi joy oldi. «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu esa bu safar reytingda bor-yo‘g‘i 49-pog‘onada qayd etildi.

Quyida dunyoning eng qimmat 10 futbolchisi bilan tanishib olishingiz mumkin. To‘liq ro‘yxat esa quyidagi havolada joylashgan.

1. Neymar – 213 mln yevro (25 yosh, «PSJ», shartnomasi 2022 yilgi mavsum so‘ngigacha)

2. Lionel Messi – 202,2 mln (30 yosh, «Barselona», shartnomasi 2021 yilgacha )

3. Harri Keyn – 194,7 mln (24 yosh, «Tottenhem», shartnomasi 2022 yilgacha)

4. Killian Mbappe – 192,5 mln (19 yosh, «PSJ», shartnomasi 2022 yilgacha)

5. Paulo Dibala – 174,6 mln (24 yosh, «Yuventus», shartnomasi 2022 yilgacha)

6. Dele Alli – 171,3 mln (22 yosh, «Tottenhem», shartnomasi 2022 yilgacha)

7. Kevin de Bryuyne – 167,8 mln (25 yosh, «Manchester Siti», shartnomasi 2021 yilgacha)

8. Romelu Lukaku – 164,8 mln (24 yosh, «Manchester Yunayted», shartnomasi 2022 yilgacha)

9. Antuan Grizmann – 150,2 mln (26 yosh, «Atletiko», shartnomasi 2022 yilgacha)

10. Pol Pogba – 147,5 mln (24 yosh, «Manchester Yunayted», shartnomasi 2022 yilgacha).

...16. Filippe Koutino – 123 mln (25 yosh, «Barselona», shartnomasi 2023 yilgacha). 

...49. Krishtianu Ronaldu – 80,4 mln (32 yosh, «Real», shartnomasi 2021 yilgacha).

Mavzuga oid
Top