Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda bosh vazir o‘rinbosari lavozimi bo‘yicha bir qarorga kelindi
Foto: Kloop.kg
Qirg‘iziston hukumatida bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga nomzod bo‘yicha bir qarorga kelingan. Bu haqda 24.kg mamlakat vazirlar mahkamasiga tayangan holda xabar bermoqda.
Ushbu lavozimni Tartibga solish va moliyaviy bozorni nazorat qilish Davlat xizmati rahbari Sanjar Mukanbetov egallashi kutilmoqda. Rejalarga ko‘ra, ertaga, 9 yanvar kuni Qirg‘iziston Jogorku Keneshining konstitutsion qonunchilik, davlat tuzilishi, sud-huquqiy masalalar va tartibga solish bo‘yicha qo‘mitasi uning nomzodini ko‘rib chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, mamlakatda bosh vazir o‘rinbosari lavozimi To‘lqinbek Aldigulov Milliy bank rahbari etib tayinlangach, bo‘sh qolayotgandi.
Mavzuga oid
21:53 / 26.02.2026
Yevropa Ittifoqi Qirg‘izistondan Rossiyaga reeksport ustidan nazoratni kuchaytirishni talab qildi
17:44 / 23.02.2026
«Do‘stimni ogohlantirgandim» – Japarov Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasidagi o‘zgarishlar haqida
19:27 / 21.02.2026
Qirg‘izistonda prezidentga bo‘ysunadigan tergov qo‘mitasi tuziladi
18:38 / 17.02.2026