Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oltin tanga 750 ming dollarga sotildi
AQShda “Birlashgan numizmatlar” an'anaviy anjumanida “Sochlari yoyilgan Stella” nomi bilan ma'lum bo‘lgan, 1879 yilda zarb qilingan oltin tanga 750 ming dollarga sotildi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.
“Bunday tangalar tajriba sifatida zarb qilingan. AQSh hukumati bu tangalarni ular xalqaro to‘lov vositasiga aylanishini mo‘ljallab chiqargan. Biroq keyin bu tangalar chiqarilishi to‘xtatilgan”, deb izoh berdi Heritage Auction auksion uyi mutaxassisi Mark Borkard.
Ta'kidlanishicha, dunyoda bunday tangalardan bor-yo‘g‘i 20 tacha qolgan. Tanga 6 gramm oltin, 0,3 gramm kumush va 0,7 gramm misdan iborat.
Shuningdek, auksionda Filadelfiya zarbxonasi tomondan chiqarilgan ilk mis tangalardan biri 300 ming dollarga sotildi. Bu tanga 1793 yilda zarb qilingan. Tanga bir sent qiymatda bo‘lib, unda sochlari yoyilgan ayol tasviri va “Ozodlik. 1793” yozuvi bor.
Ta'kidlanishicha, ushbu numizmatik auksion orqali 24,9 mln dollar mablag‘ qo‘lga kiritilgan.
Mavzuga oid
00:01
Eron AQSh zarba bergan taqdirda to‘laqonli qarshi hujumga o‘tmoqchi – OAV
19:33 / 25.02.2026
O‘zbekiston va “Traxys Group” o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
19:11 / 25.02.2026
Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh Ukrainada tinchlikni saqlash to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qilishda betaraf qoldi
17:49 / 25.02.2026