O‘zbekiston | 16:51 / 08.01.2018
26606
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston havo yo‘llari»​ mahalliy parvozlarning minimal tarif bo‘yicha narxini tushirmoqda

Foto: O‘zbekiston havo yo‘llari

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi mahalliy yo‘nalishlardagi qatnovlarga tabaqalangan tariflarni kiritdi. Bu haqda MAK Matbuot xizmat xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, kiritilgan yangiliklar yo‘lovchilarga ularning talablariga mos keluvchi aviachiptalarni tanlashga imkon beradi. Shuningdek, respublika ichidagi barcha yo‘nalishda tariflarning minimal darajasi pasaytirildi. 

Kompaniya vakilining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, mahalliy parvozlarning minimal tariflari tan narxidan 1-10 yevro atrofida arzonlashtirilgan. Masalan, Toshkent-Farg‘ona yo‘nalishidagi parvoz uchun bitta yo‘lovchi minimal tarif bo‘yicha 10 yevro (8 yanvar holatiga ko‘ra, MB kursi bo‘yicha 97,754 so‘m) etib belgilangan. Ya'ni, Toshkent-Farg‘ona yo‘nalishidagi parvozlarning minimal tarif bo‘yicha narxi 1 yevroga arzonlagan.

Toshkent-Xorazm yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarning minimal tarif bo‘yicha narxi esa 3 yevroga pasaytirilgan bo‘lib, ayni paytda 37 yevro (8 yanvar holatiga ko‘ra, MB kursi bo‘yicha 361,689 so‘m) etib belgilangan.

Bundan tashqari, barcha mahalliy yo‘nalishlarda guruhlar uchun tariflar kiritildi. O‘rnatilgan tariflar bo‘yicha sotiladigan joylar soni cheklangan. «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK xabarida aytilishicha, aviachipta qancha vaqtli sotib olinsa, u shunchalik arzon tushadi.

Mavzuga oid