23:00 / 09.01.2018
11193

Andijonda Oliy ta'lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari Prezident Murojaatnomasini keng ommaga yetkazmoqda

Foto: KUN.UZ

Andijon viloyatining barcha tumanlaridagi 867 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida Oliy ta'lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari hamda hamkor tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi mazmun mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan muloqotlar bo‘lib o‘tdi.

Targ‘ibot tadbirlaridan ko‘zlangan maqsad har bir yurtdoshimizni, bugungi kunda bo‘layotgan jadal yuksalish jarayonlarida faol ishtirok etishi, ularning manfaati davlatning ustuvor siyosati darajasiga ko‘tarilgani, ko‘plab muammolar o‘z yechimini topayotgani, yurtimizda katta o‘zgarishlar boshlanganini mahallalarda - fan nomzodlari, professorlar, oliy ta'lim muassasalari psixologlar tarafidan yetkazish va tashviqot qilish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishdan iborat.

5-9 yanvar kunlari Oliy ta'lim muassasalarining 65 nafar professor-o‘qituvchilari tomonidan viloyatdagi mavjud 867 MFYlarning barchasida keng ko‘lamli, muloqot ruhidagi uchrashuvlar tashkil qilindi. Uchrashuvlarda Mirsodiq Ishoqov, Kamoliddin Yunusov, Qiyomiddin Muftaydinov, Abdurauf Abdullayev, Muhiddin, Nazarov, Ulug‘bek Idirov, Shuhrat Yovqochev kabi o‘z sohasining yetuk mutaxassislari, fan doktorlari va professorlari ishtirok etdilar. 

Andijon viloyati oliy ta'lim muaassasalarining ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo‘yicha prorektorlari barcha yig‘ilish qatnashchilariga uslubiy yordam ko‘rsatdilar.

Jalaquduq tumanidagi Ko‘klam, O‘zbekiston, Toshloq, Buzrukxonto‘ra, Dalvarzin, Olmazor, Ittifoq mahallalari aholisi bilan bo‘lib o‘tgan ana shunday jonli muloqotlar davomida notiqlar - Toshkent davlat sharqshunoslik instituti professori Mirsadik Isxakov va Ulug‘bek Idirovlar Murojaatnomadan kelib chiqadigan vazifalarni bajarish, mahallalarda ma'naviy muhit barqarorligini mustahkamlash, fuqarolarning faolligini oshirish borasidagi ishlarni samarali tashkil etish yuzasidan zarur bilim va tushunchalar berdilar.

KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon

Top