15:35 / 09.01.2018
21168

BMT falastinlik 16 yoshli qiz bo‘yicha Isroilga murojaat qildi 

Foto: Anadolu

BMT Isroil hukumati ushbu mamlakat bosqinchiligi bilan kurash uchun xalqaro mukofotga loyiq topilgan 16 yoshli falastinlik Ahad at-Temimiyning ishini harbiy sudda ko‘rib chiqmoqchi ekanidan tashvishda. Bu haqda «Anadolu» xabar berdi.

«Odamlarning huquqini hurmat qilish kerak. Biz bolalar qo‘lga olinganidan juda tashvishdamiz hamda ushbu masala bo‘yicha pozitsiyamizni bildirdik», - deya aytib o‘tdi BMT matbuot kotibi Stefan Dyujarrik.

Isroillik harbiylar falastinlik 16 yoshli qiz Ahad at-Temimiy va uning onasi Narimonni 19 dekabr kuni qo‘lga olishdi, bir kun o‘tib amakisining qizi Nur ushlandi. Avvalroq, Isroil harbiy sudi Ahad at-Temimiy, uning onasi va amakisining qizini hibsda saqlash muddatini yana to‘rt kunga uzaytirdi.

2012 yilda Ahad Istanbulda, akasi qo‘lga olinganidan so‘ng isroillik harbiylar bilan kurashi uchun «Xanzala» mukofoti bilan taqdirlangandi. Qiz o‘sha paytda Turkiya bosh vaziri bo‘lgan Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan ham uchrashgan.

Mavzuga oid
Top