Jahon | 00:03 / 09.01.2018
25275
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng issiq joylaridan birida qatorasiga ikkinchi yil qor yog‘di

Foto: Karim Bouchetata

Jazoirda, Sahroi Kabir cho‘lida joylashgan Ayn-Safr shahrida qor yog‘di. Cho‘ldagi qorni fotosuratchi Karim Bouchatata tasvirga oldi. Uning bu suratlari TSA Algerie portalida joylashtirildi.

“Cho‘lda oltin qumlar va toza oq qor birlashgan go‘zal manzara hosil bo‘ldi”, deb yozilgan suratlarga izohda. 

Ma'lum qilinishicha, qor yoqqan kuni – 8 yanvardayoq havo harorati isigandan keyin erib ketgan.

O‘tgan yil Sahroi Kabirda qor dekabrda yoqqan. O‘shanda ham bu manzarani Bouchatata suratlarda muhrlagandi. U ta'kidlaganidek, bu hududda qorni 2013 yildan beri kuzatmagan va mahalliy aholi bunday ob-havoga taajjublanishgan.

Foto: Karim Bouchetata

 

Mavzuga oid