18:40 / 09.01.2018
15281

Falastinlik siam egizaklari 15 soat operatsiya qilindi

Foto: KSAU HS

Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda shifokorlar chaqaloqni parazit-egizagidan ajratishni ko‘zda tutuvchi 15 soatlik jarrohlik operatsiyasini muvaffaqiyatli tugallashdi. 

Farah ismli qizcha va Hanin ismli o‘g‘il bola o‘tgan yilning oktabr oyida Falastinda dunyoga kelgan, ular tana a'zolarining pastki qismlari orqali bog‘langan. Biroq Hanin to‘liq shakllangan bola bo‘lib, Farahning esa o‘pka va yurak sohalari bo‘lmagan. Operatsiya davomida tibbiyot xodimlari dastlab chaqaloqlarning ichak va jigarini ajratishdi, so‘ng tos sohasini ajratishga kirishishdi. 

Siam egizaklari valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon farmoniga muvofiq, Falastindan Saudiya Arabistoniga keltirildi. Jarrohlik amaliyoti qirol Abdulloh nomli bolalar shifoxonasida bo‘lib o‘tdi. Jarrohlar brigadasini doktor Abdulloh bin Abdulaziz Ar-Robia' boshqargan.

Foto: KSAU HS
Foto: KSAU HS

Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan. Hozirda Hanin qayta tiklanish jarayonini boshdan o‘tkazmoqda. Bolakayning otasi oilaga beminnat yordam qo‘lini cho‘zib, barcha xarajatlarni o‘z zimmasiga olgan shahzodaga minnatdorchilik bildirgan.

Mavzuga oid
Top