14:20 / 09.01.2018
13551

Isroil Suriya harbiy obektlariga raketa zarbalari berdi – OAV

Foto: RIA "Novosti"

Isroil harbiy-havo kuchlari Suriya harbiy obektlariga bir necha raketa zarbalari berdi. Bu haqda RIA «Novosti» Suriya armiyasi qo‘mondonligi bayonotiga tayangan holda xabar qilmoqda.

Xabarga ko‘ra, Suriya havo hujumidan mudofaa kuchlari bir nechta raketani tutib olgan va Isroilning bitta samolyotiga zarba bergan. Boshqa raketalar Suriya harbiy obektlaridan birining yaqinida qulab, moddiy zarar yetkazgan.

«Isroilning dushmanlik kayfiyatidagi aviatsiyasi bugun soat 2:40da Livan hududidan Damashq viloyatidagi Al-Kutayfa tumaniga qarata qator raketalar uchirdi. Bizning havo hujumidan mudofaa kuchlarimiz ularni tutib oldi va samolyotlardan biriga zarba berishning uddasidan chiqdi», - deya xabar berishgan armiyadan.

Mavzuga oid
Top