21:25 / 09.01.2018
22384

Issiq-ko‘l havosi sotuvga chiqarildi

Foto: 24.kg

Qirg‘izistonning Issiq-ko‘lidan olingan havo sotuvga chiqarildi. Bu haqda 24.kg axborot agentligi xabar bermoqda

Qirg‘iziston havosi 2016 yilda sotila boshlangan. Toza tog‘ havosining bir bankasi 200 som turadi. Ushbu loyiha muallifi Maksim Borovikning aytishicha, hozircha savdolar hajmi uncha katta emas, biroq buyurtmalar bor. Qayd qilish joizki, sotuvda nafaqat tog‘ havosi, balki boshqa yerlardan olingan havolar ham bor. Misol uchun, birinchi uchrashuvdan olingan havo. Biroq asosiy g‘oya Qirg‘izistonning tog‘ havosini sotishdan iborat.   

Hozirda esa Issiq-ko‘ldan olingan havo sotuvga chiqdi. Bishkekda ekologik vaziyat yomonlashgani sabab bu antiqa suvenirga talab oshgan. 

Top