22:05 / 09.01.2018
16945

Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi  

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 2018 yil 9 yanvardan 12 yanvargacha Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilganligini ma'lum qildi. Poyezdlar 2018 yil 9 yanvardan 12 yanvargacha Toshkentdan, 10 yanvardan 13 yanvargacha Andijondan jo‘naydi.

Qo‘shimcha poyezdlar qatnov jadvali quyidagicha:

№560 “Toshkent – Andijon” poyezdi Toshkentdan soat 21:15 da yo‘l olib, Andijonga soat 03:16 da keladi.
№559 “Andijon – Toshkent” poyezdi Andijondan soat 07:15 da yo‘lga chiqib, Toshkentga soat 13:55da keladi.

Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, qo‘shimcha poyezdlar qatnovi Qamchiq dovonida mashinalar harakatlanishi yomonlashganligi sababli qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan.

Mavzuga oid
Top