Aholini qayta ro‘yxatga olish konsepsiyasi tayyorlanadi
2018 yil 10 aprelga qadar Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar tomonidan davlat organlari faoliyatining ochiqligi va ularning fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro samarali hamkorligini ta'minlash maqsadida barcha davlat organlarida jamoatchilik kengashlarini tashkil etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqiladi. Bu haqda «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» davlat dasturi loyihasida ma'lum qilingan.
Bunda davlat organlarida faoliyat olib boradigan jamoatchilik kengashlari tashkil etiladi.
2018 yil 1 mayga qadar Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Adliya vazirligi, AQHMI tomonidan Oliy Majlis palatalari va xalq deputatlari Kengashlari faoliyati to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi tayyorlanadi.
Loyihada fuqarolar, o‘quvchi va talabalarning Oliy Majlis palatalari va xalq deputatlari Kengashlari majlislarida moneliksiz ishtirok etish imkoniyatlari nazarda tutiladi.
2018 yil 1 mayga qadar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida),
Axborot texnologiyalari vazirligi, FJShMQMI tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qonun loyihalarining jamoatchilik muhokamasini samarali tashkil etish bo‘yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashi qarori loyihasi tayyorlanadi.
Loyihada:
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qonun loyihalarining jamoatchilik muhokamasini tashkil etish tartibi;
qonun loyihalari muhokamasiga keng ommani jalb qilishning zamonaviy usullari,
shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish nazarda tutiladi.
2018 yil 1 aprelga qadar Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), AQHMI, FJShMQMI, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, EOAVMA, O‘zNNTMA, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari tomonidan Davlat va jamiyat boshqaruvida jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning ta'sirchan va amaliy mexanizmlarini joriy etishni nazarda tutuvchi “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ishlab chiqiladi.
Loyihaning qabul qilinishi davlat organlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish samaradorligining oshishiga, ular tomonidan inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlariga rioya etilishiga, fuqarolarning murojaatlarini, ularda ko‘tarilgan muammolarni joyida hal etishda davlat organlari rahbarlari tomonidan qay darajada munosabat bildirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishga imkon beradi.
2018 yil 20 fevralga qadar Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Axborot texnologiyalari vazirligi, Adliya vazirligi, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi tomonidan “Mening fikrim” maxsus veb-portali orqali Oliy Majlis palatalariga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga elektron jamoaviy murojaat qilish tartibini joriy etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi va amaliy chora-tadbirlar tayyorlanadi.
Sarf-xarajatlar 2 mlrd so‘m etib belgilandi, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi esa moliyalashtirish manbasiga aylanadi.
Bunda:
internet tarmog‘ida aholi dolzarb deb hisoblagan tashabbuslarni kiritadigan, u yoki bu muammoga o‘z munosabatini bildira oladigan “Mening fikrim” maxsus maydonini tashkil etish;
Oliy Majlis va xalq deputatlari Kengashlariga elektron jamoaviy murojaat qilish tartibini joriy etish;
muayyan miqdordagi fuqarolar tashabbuslarini ushbu organlar tomonidan majburiy tartibda ko‘rib chiqish nazarda tutiladi.
2018 yil 1 iyunga qadar Axborot texnologiyalari vazirligi, Matbuot va axborot agentligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Innovatsiya vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan davlat organlari faoliyatining yanada ochiqligini ta'minlash, ular faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha jamoatchilik bilan faol muloqot olib borishlarini nazarda tutuvchi Davlat organlarining virtual muhitda mavjud bo‘lishi konsepsiyasi ishlab chiqiladi.
Ushbu normativ-huquqiy hujjatlar loyihasida davlat organlari matbuot xizmatlari tomonidan jamoatchilik fikrini tizimli o‘rganish, davlat organlari va mansabdor shaxslar qabul qilgan qarorlar hamda voqealarga nisbatan aholi munosabatini kuzatib borish va o‘z vaqtida munosabat bildirish tizimi nazarda tutiladi.
2018 yil 20 avgustga qadar FJShMQMI, Adliya vazirligi, O‘zNNTMA, vazirlik va idoralar tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqiladi.
Loyihalarda:
NNTlarga ijtimoiy sheriklik doirasida davlat mulkini bepul yoki imtiyozli shartlar asosida berish;
ijtimoiy sheriklikni qo‘llab-quvvatlagan jismoniy va yuridik shaxslar uchun soliq va majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar joriy etish nazarda tutiladi.
2018 yil 20 fevralga qadar Davlat statistika qo‘mitasi, IIV, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi tomonidan aholini qayta ro‘yxatga olish konsepsiyasini tayyorlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi ishlab chiqiladi.
Loyihada:
aholini qayta hisoblab chiqish maqsadi;
aholini qayta hisoblab chiqishda ishtirok etuvchi sub'yektlar doirasi;
aholini qayta hisoblab chiqishda ishtirok etuvchi davlat organlarining aniq vazifalari;
aholini qayta hisoblab chiqish mexanizmi nazarda tutiladi.
2018 yil 20 aprelga qadar Matbuot va axborot agentligi, MTRK, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya vositalari universitetini tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi tayyorlanadi.
Loyihada:
Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya vositalari universitetini tashkil etish;
Universitetning vazifa va funksiyalarini aniq belgilash nazarda tutiladi.
2018 yil 20 sentabrga qadar Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Matbuot va axborot agentligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, vazirlik va idoralar tomonidan davlat boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligi va shaffofligini ta'minlashning qo‘shimcha mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi tayyorlanadi.
Loyihada:
davlat organlarining veb-saytlariga ular tomonidan amalga oshirilayotgan byudjyet xarajatlari haqida to‘liq ma'lumotlarni joylashtirish majburiyligi;
davlat organlari jamoatchilik kengashlari faoliyatiga oid normalarni belgilash nazarda tutiladi.
2018 yil 20 iyulga qadar Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida), Adliya vazirligi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, AQHMI, FJShMQMI tomonidan fuqarolar yig‘ini raisi va uning maslahatchilari saylovi jarayonini yanada takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ishlab chiqiladi.
Loyihada fuqarolar yig‘ini raisi va uning maslahatchilari saylovida saylovchilarning saylovda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish, mahalla raisligiga nomzodlar ko‘rsatishda oshkoralik va shaffoflikni ta'minlash mexanizmlari nazarda tutiladi.
2018 yil 20 avgustgacha Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Innovatsiya vazirligi, DSQ, Savdo-sanoat palatasi, FJShMQMI, vazirlik va idoralar tomonidan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi tayyorlanadi.
Loyihada fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzuridagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha maslahat markazlari faoliyatiga davlat organlari, tijorat banklari va boshqa vakolatli idoralarning ko‘maklashuvini ta'minlash mexanizmlarini belgilash, maslahat markazlari faoliyatini takomillashtirish nazarda tutiladi.
Mavzuga oid
15:44 / 05.04.2024
Toshkent shahar hokimligi bir qancha loyihalar konsepsiyasiga 825 mln so‘m ajratdi
11:45 / 31.01.2024
“Tashabbusli budjet”da “bir fuqaro – bir ovoz” tizimi joriy etiladi
23:46 / 30.01.2024
Telefon so‘zlashuvlarini eshitish uchun sanksiya elektron tarzda beriladi
23:32 / 30.01.2024