20:05 / 10.01.2018
20222

«Elektron inspektor» interaktiv xizmati ishga tushdi. U nima?

​O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi elektron huquqiy mehnat inspektori yordamida mehnat qonunchiligiga rioya etilishi bo‘yicha dastlabki tekshirish (o‘z o‘zini tekshirish) o‘tkazish imkoniyatini taklif qilmoqda. Bu haqda vazirlikdagi axborot manbasiga tayanib Kun.uz muxbiri xabar beradi.
Ushbu xizmat mehnat xodimi tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlarga haqiqiy davlat mehnat inspektori ko‘zi bilan qarash va baholash imkonini beradi.

Tizim qanday ishlaydi?

Elektron mehnat inspektori u yoki bu savol bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida belgilangan qoidalariga asoslangan holda aniq avtomatlashtirilgan algoritm bo‘yicha elektron tekshirishni amalga oshiradi.

“Elektron inspektor” interaktiv xizmati yordamida korxonadagi mavjud jamoa munosabatlari mehnat qonunchiligi talablari bo‘yicha baholanadi va unga muvofiqlashtiriladi.

Natija

Tekshirish o‘tkazilgan mavzu bo‘yicha mehnat munosabatlarida kamchiliklar mavjud emasligi yoki mavjudligi to‘g‘risida “Elektron inspektor” interaktiv xizmatidan xulosa (tekshirish dalolatnomasi) olinadi.
Ko‘rsatilgan xizmat, taqdim etilgan yordamchi vositalar (yo‘riqnoma, shablon va hujjatlar namunalari) yordamida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish imkoniyati yaratiladi.
Elektron inspektor mehnat xodimiga qanday yordam beradi?

Agar xodimning huquqlari ish beruvchi tomonidan buzilish holat yuzaga kelyapti, deb hisoblansa, lekin buni qanday tartibda tekshirish bo‘yicha maxsus bilim mavjud bo‘lmasa, "Elektron inspektor" bu muammoni ko‘rib chiqish va hal qilishda xodimga yordam beradi.

Agar korxonada nazorat tekshiruvi o‘tkazilishi belgilangan bo‘lsa, undagi xodim jarima hisoblanishidan havotirdaligini bildirsa, "Elektron inspektor" sizga mustaqil ravishda dastlabki tekshiruvdan o‘tish, kamchilik va xatoliklarni aniqlash va haqiqiy inspektor tekshirishga kelguniga qadar ushbu kamchiliklarni qanday bartaraf etishni tushuntiradi.

Buning uchun foydalanuvchi qiziqtirgan muayyan mavzuni tanlashi va "Elektron inspektor" tomonidan beriladigan ketma-ket savollarga mavjud haqiqiy hujjatlar, real holatdan kelib chiqqan holda javobni tanlashi zarur.

Tekshirish yakuni bo‘yicha "Elektron inspektor" mehnat qonunchiligi talablari buzilgan holatlar va ularni qanday bartaraf etish mumkinligi usullari ko‘rsatilgan tekshirish dalolatnomasini shakllantiradi.

Kamchiliklar bartaraf etilganidan so‘ng, mehnat xodimi yana qayta tekshirishdan o‘tishi mumkin.

Top