Jahon | 13:10 / 10.01.2018
7074
2 daqiqa o‘qiladi

Pokiston vs AQSh. Islomobod razvedka bo‘yicha hamkorlikni to‘xtatdi

Foto: AP

Pokiston Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan harbiy va razvedka xizmatlari yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlikni to‘xtatmoqda. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Xurram Dastgir Xon ma'lum qildi.

"Biz AQSh bilan harbiy mahkamalar va razvedka yo‘nalishi bo‘yicha keng ko‘lamli hamkorlikni to‘xtatdik", - deya aytib o‘tdi Mudofaa vazirligi rahbari. 

Xonning so‘zlariga ko‘ra, AQSh “Afg‘onistonda mag‘lub bo‘lmoqda, bu milliardlab dollar miqdoridagi xarajatlarga qaramay yuz bermoqda”. Vazirning taxminicha, Vashington Pokistondan Afg‘onistondagi o‘z harbiy muvaffaqiyatsizliklari uchun “aybsiz aybdor” sifatida foydalanishga urinmoqda.

"Pokiston keltirgan qurbonlari uchun narx belgilashga harakat qilayotgani yo‘q, biroq, ular tan olinishini istaydi", - deya ma'lum qildi vazir.

AQShning Islomoboddagi elchixonasi esa Pokiston tomonidan bu borada tegishli bildirishnoma olmaganini ma'lum qildi. Bu haqda Amerikaning ushbu davlatdagi dipmissiyasi matbuot kotibi Richard Snelsayr aytib o‘tdi.

"Biz Pokistondan ushbu masala bo‘yicha qandaydir rasmiy yoki norasmiy bildirishnoma olmadik", - deya ma'lum qilgan u.

Mudofaa vazirligi rahbarining bayonoti AQSh Pokistonga xavfsizlik sohasida moliyaviy yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi haqida ma'lum qilganidan bir necha kun o‘tib berildi. Bunday qaror, Vashingtonning fikricha, Islomobodning terrorizm bilan kurashdagi yetarli bo‘lmagan sa'y-harakatlari tufayli qabul qilingan. 

Mavzuga oid