O‘zbekiston | 17:40 / 10.01.2018
26044
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident zamonaviy aloqa vositalarini ko‘zdan kechirdi

Shavkat Mirziyoyev Chirchiqqa tashrifi davomida O‘zbekistonda ishlab chiqarila boshlangan raqamli radiostansiya texnikalari bilan tanishdi. 

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu zamonaviy mahsulotlar davlatimiz rahbarining qaroriga asosan "O‘zelektoapparat" zavodida ishlab chiqarilmoqda.

Xitoyning Hytera kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu loyiha samarasida 8 turdagi apparatlar tayyorlanmoqda. Ilg‘or texnologiyalarga asoslangan bunday texnikalar shu paytgacha yurtimizda ishlab chiqarilmas edi. Raqamli radiostansiya vositalari import o‘rnini bosishi, axborot xavfsizligini ta'minlashi bilan ulkan ahamiyatga ega.

Mavzuga oid