Shavkat Mirziyoyev Chirchiqda harbiylarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi
Bugun, 10 yanvar kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Chirchiq shahridagi harbiy qismlardan biriga tashrif buyurdi. Mazkur harbiy qism O‘zbekiston Prezidentning 2017 yil 12 dekabrdagi farmoni bilan qayta tashkil qilingan.
Bu yerda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda tizimli ishlar olib borilmoqda, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.
O‘zbekiston Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev harbiylar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi, harbiylar bilan suhbatda bo‘ldi.
Tashrif davomida Prezident jangovor tayyorgarlikda foydalaniladigan moddiy vositalar, harbiy xizmatchilarning kiyim-kechak ta'minoti bilan tanishib, ularni zamonaviy asosda yangilash, ta'minot tizimini takomillashtirish zarurligini ta'kidladi.
Shavkat Mirziyoyevga Toshkent viloyati harbiy-ma'muriy sektori faoliyatini 2018 yilda tashkillashtirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi», yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Mudofaa vazirligi tizimidagi boshlang‘ich tashkilotining tashkiliy tuzilmasi, yosh harbiy xizmatchilarni rag‘batlantirish kabi istiqbolda qilinadigan ishlar to‘g‘risida ma'lumotlar berildi.
Mavzuga oid
07:31 / 09.11.2024
Chirchiq daryosidan qum-shag‘al aralashmasi qazib olinishi oqibatida 233 mlrd so‘m zarar yetkazildi
10:50 / 01.11.2024
Chirchiq daryosidan qum-shag‘al aralashmasi qazib olinishi oqibatida 273 mlrd so‘m zarar yetkazildi
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
21:49 / 08.10.2024