O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Chirchiq shahridagi harbiy qismlardan biriga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident munosib xizmat qilgan harbiylarga barcha sharoitlar yaratish, ularni uy-joy, avtomashina bilan ta'minlash bo‘yicha topshiriq bergan.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatchilarning harbiy kiyim va asbob-anjomlari bilan tanishib, ularni zamonaviy asosda yangilash, ta'minot tizimini takomillashtirish zarurligini ta'kidladi.

Prezident Toshkent viloyatiga tashrifi davomida boshqa iqtisodiy obektlarni ham ko‘zdan kechirishi ko‘zda tutilgan.