Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston terma jamoasini JCh-2022ga olib chiqish Davlat dasturiga kiritildi
Umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» Davlat dasturi loyihasida futbol uchun ham alohida band ajratildi.
Dastur loyihasiga ko‘ra, barcha darajadagi futbol musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazishning mavjud tizimini ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda takomillashtirish, sohadagi jiddiy muammolarni hal qilish va xalqaro musobaqalarda yuqori natijalar qayd etilishiga oid chora-tadbirlarni ishlab chiqish belgilangan.
Loyihaning eng asosiy masalalaridan birida milliy terma jamoaning 2022 yil Qatar mamlakatida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida ishtirok etishini ta'minlash uchun chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash nazarda tutiladi.
Bundan tashqari loyihada
- ilg‘or xorijiy tajriba asosida futbol sohasida yuqori malakali trener va sportchilarni tayyorlash, futbolchilar zaxirasini va terma jamoalarni shakllantirishning amaldagi tizimini tubdan takomillashtirish;
- bolalar o‘rtasidagi futbolni rivojlantirishning amaldagi tizimini tanqidiy ko‘rib chiqib, futbol bo‘yicha yetakchi mamlakatlar tajribasini o‘rganish, yuqori malakali trener va mutaxassislarni jalb qilish;
- chekka hududlarda futbol maydonlarini keng miqyosda qurishni tashkillashtirish;
- futbol klublari va homiylariga soliq va boshqa imtiyozlarni yaratish;
- futbol seleksionerligi (skauting) tizimini rivojlantirish;
kabi masalalar ham o‘rin olgan.
Mavzuga oid
20:49 / 07.07.2026
«Dinamo» futbolchisi Bundesliga klubiga o‘tishi mumkin
09:41 / 04.07.2026
Kannavaro, ichki muhit, alamli 11 gol va Ronalduga qarshi jang: Rustam Ashurmatov bilan eksklyuziv suhbat
23:50 / 01.07.2026
Bosh vazir futbolchilardan milliy jamoani tanqid qilgan «divan ekspertlarini» kechirishni so‘radi
21:25 / 01.07.2026