2017 yilda O‘zbekistonga Rossiya nefti eksporti 68,2 ming tonnani tashkil etdi. Bu haqda Rossiya yoqilg‘i-energetika kompleksining Markaziy dispertcherlik boshqarmasi materiallarida xabar berilgan.
Xususan, noyabrda O‘zbekistonga 30 ming tonna neft, dekabrda – 38,2 ming tonna yetkazib berilgan. Avvalroq, «Transneft» rasmiy vakili Igor Demin kompaniya 2017 yilning dekabrida O‘zbekiston yo‘nalishiga 50 ming tonna Rossiya nefti quyib berishni rejalashtirgani haqida xabar bergandi.
O‘zbekistonga 500 ming tonna Rossiya neftini yetkazib berish bo‘yicha ikki tomonlama memorandum O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi davomida imzolangan.
«Transneft» vitse-prezidenti Sergey Andronov O‘zbekistonga bu hajmdagi neftni yetkazib berishda «Rosneft», «Gazprom neft», «Lukoyl» va «Russneft» ishtirok etishini mumkinligini aytgandi.

















