Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
25 yoshdan katta ayollarga Saudiya Arabistoniga yakka holda kirishga ruxsat berildi
Foto: islam-today.ru
Saudiya Arabistoniga oila a'zolaridan bo‘lgan erkaklarsiz bormoqchi bo‘lgan 25 yoshdan katta ayollarga sayyohlik vizalari berishga ruxsat berildi. Bu haqda Khaleej Times nashri xabar bermoqda.
Avval xorijlik ayollarga erkak-oila a'zolari hamrohligisiz qirollikka kirish taqiqlangan.
Shu bilan birga 25 yoshgacha bo‘lgan ayollarga qirolikka yakka o‘zlari kirishlariga taqiqlov o‘z kuchida qoladi.
Ma'lum qilinishicha, viza bir martalik bo‘ladi va 30 kunga beriladi. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, turistik vizalar berilishining yangi qoidalari joriy yilning birinchi choragida e'lon qilinadi.
2017 yil oxirida Saudiya Arabistoni hukumati 2018 yil boshida sayyohlik vizalari kiritilishini e'lon qilgandi. Yaqin vaqtlargacha qirolikka kirish vizalari ishchilar, haj va umra ziyoratlari yoki xizmat safarini amalga oshiruvchilarga berilgan.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, ayni vaqtda Saudiya Arabistoni jamiyatida sezilarli erkinlashtirish kuzatilmoqda: avval mavjud bo‘lgan taqiqlovlar bekor qilinmoqda, ayollar huquqlari kengaytirilmoqda. Jumladan, ularga mashina haydash, futbol uchrashuvlari vaqtida stadionlarga tashrif buyurish va sudlar o‘tuvchi xonalarda ochiq yuz bilan o‘tirishga ruxsat berilgan.
Mavzuga oid
21:35 / 03.03.2026
Yaqin Sharqdagi urush: Pokiston va Ko‘rfaz davlatlarining pozitsiyasi qanday?
19:20 / 03.03.2026
O‘zbekiston aeroportlaridan Yaqin Sharq mamlakatlariga parvozlar vaqtincha to‘xtatildi
14:55 / 03.03.2026
Saudiyadagi yirik neft zavodi dron zarbasidan so‘ng ishini to‘xtatdi
07:26 / 28.02.2026