Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
29 yoshli basketbolchi MBA o‘yinlarida 20 ming ochko jamg‘ardi
Foto: Getty Images
«Golden Steyt Uorriorz» basketbol klubi hujumchisi Kevin Dyurant MBA muntazam chempionatining «Los-Anjyeles Klippers»ga qarshi kechgan uchrashuvida faoliyati davomidagi 20 minginchi ochkoni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Bellashuv «Golden Steyt»ning 106:125 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi, Dyurant 40 ballni jamg‘ardi.
Uchrashuv o‘tkazilayotgan paytda 29 yoshu 103 kunlik bo‘lgan Dyurant tarixda 30 yoshga qadar 20 ming ochkoni o‘z nomiga rasmiylashtirgan beshinchi o‘yinchiga aylandi. Faqatgina Lebron Jyeyms undan yoshroq bo‘lgan paytda buni uddalay olgan (28 yoshu 17 kunlik).
Shuningdek, 30 yoshga kirishidan avval 20 ming ochkoni jamg‘argan basketbolchilar ro‘yxatida Uilt Chemberlen, Maykl Jordan va Kobi Brayant bor.
Mavzuga oid
11:40 / 15.09.2025
Germaniya yana basketbol bo‘yicha Yevropa chempioni bo‘ldi
22:00 / 23.10.2024
Tarixda birinchi marta ota-o‘g‘il basketbolchi NBA o‘yinida birgalikda ishtirok etdi
13:48 / 15.06.2023
Ruslan Davletov basketbol federatsiyasi raisi lavozimidan ketdi, uning o‘rnini Ilhom Mahkamov egalladi
07:17 / 21.07.2021