AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, mamlakat yana iqlim bo‘yicha Parij kelishuviga qo‘shilishi mumkin. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.

«Iqlim bo‘yicha Parij kelishuvi AQShga nisbatan juda adolatsiz edi. Bizga biznes bilan shug‘ullanishda ko‘plab muammolar tug‘dirdi. Bu bizning ko‘plab qimmatli aktivlarimizning chiqib ketishiga sabab bo‘ldi», - deya aytib o‘tgan Tramp Norvegiya bosh vaziri Erna Solberg bilan qo‘shma matbuot anjumanida.

Uning ta'kidlashicha, biroq, AQSh, ehtimol, kelishuvga yana qaytishi ham mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 29 dekabr kuni Tramp global iqlim o‘zgarishi mavzusi ustidan kulgani xabar berilgandi.