AQSh davlatlarni sayyohlar xavfsizligi bo‘yicha toifalarga ajratdi: O‘zbekiston 1-guruhdan joy oldi
AQSh davlat departamenti fuqarolarni sayohat qilish xavfsizligi to‘g‘risida xabardor etishning yangi tizimini taqdim etdi, uning doirasida barcha davlatlar to‘rt toifaga bo‘lingan. Qo‘shma Shtatlar tashqi siyosat idorasining tushuntirishicha, tavsiyalar rejalashtirilayotgan safarlar xatarini baholash imkonini beradi.
Yangi tavsiyalar interfaol xarita va mamlakatlarning alohida ro‘yxati ko‘rinishida taqdim etilgan. Davlat departamenti barcha davlatlarni to‘rt guruhga bo‘lib chiqdi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari: Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston birinchi guruh – «Oddiy ehtiyot choralari»dan joy oldi.
Vashingtonning fikricha, birinchi guruhga shunday davlatlar kiritilganki, ularga oddiy ehtiyot choralarini ko‘rgan holda borish mumkin. Shuningdek, bu guruhdan Sharqiy Yevropaning aksariyat mamlakatlari, Skandinaviya davlatlari, MDHdagi deyarli barcha mamlakatlar (Rossiya va Ukrainadan tashqari) o‘rin egallagan.
Ikkinchi guruhdan yuqori ehtiyot choralari talab etiluvchi mamlakatlar joy oldi. Bu ro‘yxatga Ukraina, G‘arbiy Yevropa davlatlari kirgan. Fransiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya terrorchilik tahdidi tufayli Davlat departamenti tomonidan ikkinchi toifaga kiritildi.
Uchinchi toifadan esa rejalashtirilayotgan safarlarni qayta ko‘rib chiqish tavsiya etilgan davlatlar joy oldi – Rossiya, Turkiya, Pokiston, Niger, Chad, Nigeriya.
Davlat departamenti Suriya, Yaman, Iroq, Eron, Afg‘oniston, KXDR, Liviya, Mali, Somali, Janubiy Sudan va Markaziy Afrika Respublikasiga bormaslikni tavsiya qildi.
Mavzuga oid
15:52
Amerikalik olimlar bioorganizmlarning “uchinchi holati”ni aniqladi
15:12
Uyqu to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi - tadqiqot
14:32
AQShda juftlik to‘yi uchun to‘plagan pullarni uysiz itning operatsiyasiga sarfladi
11:54