Iqtisodiyot vaziri birinçi örinbosari Mubin Mirzayev

Özbekiston va xorijiy mamlakatlarda şu vaqtga qadar yaşirinça tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullangan özbekistonliklar uçun moliyaviy amnistiya çoralari köriş rejalaştirilmoqda. Bu haqda Iqtisodiyot vaziri birinçi örinbosari Mubin Mirzayev KUN.UZ muxbiriga bergan blits intervyusida ma'lum qildi. 

Uning aytişiça, ayni vaqtda prezident qarori loyihasi tayyorlanmoqda. Hujjatda şu vaqtga qadar tadbirkorlik faoliyati bilan noqonuniy şuğullangan va öz daromadlarini yaşirgan barça tadbirkorlik sub'yektlariga amnistiya qöllaş çora-tadbirlari belgilanadi. “Hozirça, moliyaviy amnistiyani 1 yoki 2 yil muddatda joriy qilinişi borasida bir narsa deyiş qiyin. Bu yakuniy qaror qabul qilinganidan söng ma'lum böladi”, - dedi Mubin Mirzayev. 

Sodda qilib aytganda, qaror qabul qilinganidan söng, belgilangan amnistiya muddati içida tadbirkorlar öz daromadlarini heç qanday tösiqsiz va ortiqça tekşiruvlarsiz Özbekistonda qayd etib, legallaştirişlari hamda faoliyatlarini davom ettirişlari mumkin böladi. 

Mubin Mirzayevning XPKning navbatdagi sessiyasida ma'lum qilişiça, ayrim ekspertlar bugungi kunda yaşirin iqtisodiyotning Özbekiston YaIM dagi hajmini 50 foiz atrofida, deb baholaşmoqda. Bu öz navbatida, davlat byudjyeti daromadlariga va iqtisodiyot rivojlanişiga tösqinlik qiladi. 

“Qanday qilib buning oldini oliş mumkin? Valyuta bozorining liberallaştirilişi birlamçi qadam hisoblanadi. Keyingi bosqiç soliq tizimi bilan boğliq böladi. Misol uçun aytadigan bölsak, agar 2018 yilda imtiyoz va preferensiya bermasdan 20 foizlik qöşimça qiymat soliği undirilsa, davlat byudjyetining 80 foizi qoplanadi. 

Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi

Aytmoqçimanki, prezident topşiriğiga binoan, 2018 yil birinçi yarim yilligida soliq tizimini qayta körib çiqamiz. Bundan taşqari, barça uçun bir xil şaroit va raqobat muhitini yaratiş orqali yaşirin iqtisodiyotni legallaştirib, korxona va taşkilotlarning bemalol işlaşiga imkon beradigan takliflar Iqtisodiyot, Moliya vazirliklari va Markaziy bank bilan hamkorlikda tayyorlanmoqda.

Biz 2018-2020 yillarda yaşirin iqtisodiyot hajmini yil sayin kamaytirişga erişsak, bu davlat byudjyetining barqarorligini va soliq bazasining kengayişini ta'minlaydi”, - dedi Mubin Mirzayev.