15:30 / 11.01.2018
5104

Britaniya Assanjga diplomatik maqom berishdan bosh tortdi

Foto: Reuters

Buyuk Britaniya TIV Ekvador hukumatining WikiLeaks asoschisi Julian Assanjga diplomatik maqom taqdim etish bo‘yicha murojaatini rad etdi. Bu haqda Guardian xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, bu chora Avstraliya fuqarosi Assanjning Buyuk Britaniyada uzoq muddatdan beri qolayotgani bilan bog‘liq muammoga yechim topgan bo‘lardi.

Ushbu qaror Ekvadorning Londondagi elchixonasida besh yildan ortiq vaqt davomida yashab kelayotgan WikiLeaks asoschisi yaqinda ushbu mamlakat fuqaroligini olgani haqida tarqalgan xabarlar fonida qabul qilindi.

Diplomatik maqom taqdim etiladigan bo‘lsa, Assanj ma'lum bir daxlsizlikni olgan va ham Ekvador elchixonasini, ham Buyuk Britaniya hududini avvalgi ayblovlar uchun hibsga olinish tahdidisiz tark etish imkoniyatini qo‘lga kiritgan bo‘lardi.

Mavzuga oid
Top