18:20 / 11.01.2018
22302

UYeFA yil jamoasini e'lon qildi

UYeFA 2017 yilning eng yaxshi futbolchilardan iborat ramziy terma jamoasini e'lon qildi. Tarkib 4-4-2 taktik chizmasi orqali tuzib chiqildi.

Tashkilot rasmiy sayti bergan ma'lumotga ko‘ra, ramziy terma jamoadan «Real»ning besh nafar a'zosi o‘rin olgan bo‘lsa, «Yuventus»ning 2 futbolchisi ro‘yxatga kiritilgan. Shuningdek «Barselona», «Manchester Siti» (ilk marta) «PSJ» va «Chelsi»ning bir nafardan futbolchilari ushbu ramziy terma jamoani to‘ldirishgan.

UYeFA tomonidan tanlab olingan 2017 yil terma jamoasi quyidagicha
Darvozabon
: Janluiji Buffon («Yuventus»);
Himoyachilar: Dani Alvesh («PSJ»), Jorjio Kellini («Yuventus»), Serxio Ramos, Marselo (ikkalasi — «Real»);
Yarimhimoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich (ikkalasi — «Real»), Eden Azar («Chelsi»), Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»);
Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu («Real»), Lionel Messi («Barselona»).

Top