2017 yil davomida jami 123 tadbirkorga turizm faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qilgan.
Lisenziyalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi «Turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi 189-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan beriladi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 iyundagi «Turoperator va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi 355-sonli qarorga muvofiq Qo‘mita tuzilmasidagi «Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi» tomonidan jami 91 ta yangi tashkil etilgan joylashtirish vositasi (mehmonxona)ga tegishli muvofiqlik sertifikatlari berildi.

















