«O‘zbekiston havo yo‘llari» Bishkekka aviachiptalar narxini pasaytirdi
«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi Toshkent-Bishkek-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha tabaqalashtirilgan tariflarni kiritdi va aviachiptalar narxini pasaytirdi. Bu haqda MAK axborot xizmati xabar bergan.
10 yanvardan boshlab yo‘lovchilar Qirg‘izistonga aviachiptalarni O/S/U/L klasslariga yangi uch oylik tariflar bo‘yicha sotib olishlari mumkin.
Aviachiptaning minimal narxi bir tomonga 91 yevroni, borish va qaytish narxi esa 171 yevroni tashkil qiladi. To‘lov O‘zbekiston Respublikasi MBning to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha amalga oshiriladi. Chiptalarni aviakassalarda va aviakompaniya sayti orqali xarid qilish mumkin.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» Toshkent-Bishkek-Toshkent qatnovlarini zamonaviy A320 havo kemalarida haftasiga ikki marta: seshanba va payshanba kunlari bajaradi.
Parvozlar jadvali (mahalliy vaqtda):
seshanba kuni Toshkentdan uchish 18:05, Bishkekka yetib borish 20:20;
chorshanba kuni Bishkekdan uchish 06:45, Toshkentga yetib kelish 07:05;
payshanba kuni Toshkentdan uchish 06:15, Bishkekka yetib borish 08:30;
payshanba kuni Bishkekdan uchish 18:40, Toshkentga yetib kelish 19:00.
Mavzuga oid
11:00 / 26.09.2024
Bishkekda davlat xizmatchilariga shaxsiy avtomobilda ishga borish cheklandi
18:02 / 10.08.2024
TezJet aviakompaniyasi Bishkekdan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
21:31 / 23.07.2024
Qirg‘iziston poytaxtiga avtomobilda kirish pullik bo‘lishi mumkin
09:13 / 18.05.2024