10:04 / 12.01.2018
19461

0,04 soniya. AQSh razvedkasi «San-Xuan» haqida yangi ma'lumot e'lon qildi

Foto: Martin Otero/Naval Base Mar del Plata

Argentinaning «San-Xuan» suv osti kemasi portlash natijasida 40 millisoniya davomida butunlay mayda bo‘laklarga bo‘linib ketgan. Bu haqda AQSh harbiy-dengiz razvedkasi boshqarmasining (ONI) hisobotida ma'lum qilingan, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

Portlash kuchi trotil ekvivalentida olti tonnaga teng bo‘lgan bo‘lib, 400 metrlik chuqurlikda yuz bergan.

«Suv osti kemasi korpusi 40 millisoniya (0,04 soniya)da butunlay mayda bo‘laklarga bo‘linib ketgan», - deyiladi hujjatda.

Ta'kidlanishicha, bu raqamlar hodisani ongli ravishda qabul qilish uchun kerakli bo‘lgan minimal vaqtdan ikki barobarga kam hamda submarinadagi dengizchilar juda tez va azob-uqubatlarsiz halok bo‘lgan.

«San-Xuan» suv osti kemasi 15 noyabr kuni izsiz g‘oyib bo‘lgandi, uning bortida 44 kishi bo‘lgan.

Top