AQŞ prezidenti Donald Tramp payşanba kuni mamlakatda immigratsiya siyosatini isloh qilişga bağişlab ötkazilgan yiğilişda irqiy kamsitişlarga yöl qöydi. Bu haqda Politico va Washington Post naşrlarning mustaqil axborot manbalari xabar bergan.

Ma'lum qilinişiça, Tramp qonun ijodkorlari bilan yiğiliş ötkazib, barçaga GreenCard (Grinkarta) lotereyasini tartibga soliş, iloji boriça nazoratdagi immigratsion tizimni yaratiş zaruriyatini uqtirgan.

Şundan söng, mutaxassislar guruhi prezidentga nazoratdagi tizim yaratilganda, Afrika mamlakatlari fuqarolari AQŞga qanday kelişi mumkinligini tuşuntirib bermoqçi bölgan. Ğarb naşrlarining yozişiça, Tramp öşa zahoti örtaga «nega biz ana şunday qasanği davlatlardan odamlarni qabul qilişimiz kerak?», deya savol taşlagan.

Oq uy rasmiylari hozirça bu jumla yiğilişda işlatilmaganini inkor etmayapti.

«Bizga Norvegiya singari davlatlardan odamlar kerak», deb masalaga oydinlik kiritgan AQŞ prezidenti.

Eslatib ötamiz, hafta boşlanişida Amerika Qöşma Ştatlari prezidenti Donald Tramp Norvegiya Boş vaziri Erna Solberg bilan uçraşgandi.