11:52 / 12.01.2018
9067

AQShda 2017 yilning eng yaxshi rejissyori va filmi tanlandi 

Rejissyor Gilermo del Toroning «Suv shakli» filmi Critics' Choice Awards mukofotini 2017 yilning «Eng yaxshi filmi» nominatsiyasida qo‘lga kiritdi. Bu haqda Variety xabar bermoqda.

Kadr: "Suv shakli"

Shuningdek, kartina «Eng yaxshi sahnalashtiruvchi rassom ishi» va «Filmga eng yaxshi musiqa» yo‘nalishida ham mukofotni qo‘lga kiritdi.

Foto: Reuters

Gilermo del Toro esa Critics' Choice Awards talqiniga ko‘ra eng yaxshi rejissyor deb topildi.

Mavzuga oid
Top