20:45 / 12.01.2018
19694

Marsda suv borligining navbatdagi isbotlari topildi

Foto: Flickr/European Southern Observatory

Olimlar Marsda suv va muz keng tarqalganining isbotlarini topishda davom etishmoqda. Science jurnalida chop etilgan yangi tadqiqotda Marsning o‘rta kengliklarida muz konlari borligi aniqlangani haqida so‘zlangan. Bunday joylar Mars ichiga ehtimol yuz metrdan ko‘proqqa kirib borgan.   

Sirtdan bunday joylar kir bilan qoplangan kichik muz hosilalari kabi ko‘rinadi. Ehtimol, ular Marsda bir necha ming yil avval qor yog‘ishi natijasida vujudga kelgan bo‘lishi mumkin. Keyinchalik ular tuproq bilan aralashib, chang bilan qoplangan va buning oqibatida bug‘lanmagan. Bu ularga shunday ko‘rinishda hozirgacha saqlanib qolishga imkon bergan. Bu muz qatlamlari o‘ziga xos tishsimon landshaftni yaratuvchi qoyali tuzilmalar tizimini hosil qiladi. 

Olimlarning aytishlaricha, Marsdagi bunday muzlagan suv manbalari 2016 yilda aniqlangan katta muz tuzilmasiga o‘xshaydi. Bu konlar Marsning kelgusida o‘zlashtirilishida muhim rol o‘ynashi mumkin. Agar fazogirlar bu muzlarni chiqara olib, ulardan ichimlik suvi olsalar yoki yoqilg‘i yarata olsalar, bu Mars missiyasini amalga oshirishda ancha yengillik yaratardi.

 

Top