07:47 / 12.01.2018
6330

OAV: Tramp Britaniyaga belgilangan safarini bekor qildi

Foto: Getty images

AQSh prezidenti Donald Tramp Buyuk Britaniyaga fevralda amalga oshirishi rejalashtirilgan ilk safarini bekor qildi. Bu haqda o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda Daily Mail nashri yozmoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Tramp AQSh elchixonasining ochilishi munosabati bilan amalga oshirmoqchi bo‘lgan safarini “ushbu uchrashuvga norozilik bildirilishi” sababli qoldirgan bo‘lishi mumkin. Safarning yangi muddatlari e'lon qilinmagan.    

Avvalroq Trampning Buyuk Britaniyaga safari 26-27 fevralga belgilangani ma'lum qilingandi.  

Mavzuga oid
Top