O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 26 yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Bu haqda O‘zA xabar bergan.

Davlatning mudofaa qudratini yanada yuksaltirish, milliy xavfsizlikni va davlat chegaralari daxlsizligini ta'minlash ishiga qo‘shayotgan katta hissasi, milliy manfaatlarni himoya qilish hamda tinchlik, barqarorlik va jamoat tartibini ta'minlash borasidagi xizmat burchini bajarish chog‘ida mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgani uchun quyidagilar mukofotlandi:

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Sunnatov Ixtiyer Xikmatovich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosari

Shariksiyev Badritdin Usmanovich – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i

II darajali «Shon-sharaf» ordeni bilan

Atadjanov Alisher Olimovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi

Rozmetov Sherzat Turgunbayevich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism komandiri

Tursoatov Sodiq Xudoyor o‘g‘li – Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yuridik ta'minlash bo‘linmasi katta yuriskonsulti

Xanikulov Uktamjon Validjonovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism batalon komandiri

«Do‘stlik» ordeni bilan

Prokudin Nikolay Pavlovich – O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi texnika va qurol-aslaha bo‘limi boshlig‘i

Salnikov Andrey Aleksandrovich – Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Ekspert-kriminalistika markazi bosh eksperti

«Mardlik» ordeni bilan