Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Rossiya Olimpiada vaqtida hakerlik hujumlarini amalga oshiradi»
Qo‘shma Shtatlarning kompyuter xavfsizligi sohasida ish olib boruvchi ThreatConnect Inc kompaniyasi maxsus bayonot bilan chiqdi. Unda rus hakerlari Pyongchangdagi Olimpiada vaqtida dopingga qarshi agentliklar saytlariga hujum qilishi mumkin ekani haqida so‘z yuritiladi. Bu haqdagi tegishli bayonot kompaniya saytida e'lon qilindi.
Kompaniya Butunjahon dopingga qarshi agentligi (WADA) komissiyasi, AQSh dopingga qarshi agentligi va Osiyo Olimpiya kengashi saytlaridan nusxa oluvchi uchta yangi domen ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng shunday xulosaga kelgan.
ThreatConnect Inc domenlardan jinoiy maqsadlarda foydalaniladi, deb iddao qilayotgani yo‘q, biroq saytlar keyingi hujumlar uchun o‘ziga xos bazaga aylanishi mumkinligi taxmin qilindi.
Mavzuga oid
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
20:36 / 09.07.2026
Putin Ukraina bilan vaziyatni yanada keskinlashtirishga tayyor - OAV
18:02 / 09.07.2026
“O‘g‘limni izlab Moskvaga bordim” – urgutlik otaning iztirobda o‘tgan kunlari
09:58 / 09.07.2026